UZARO Invest
Halol sarmoya va real aktivlarga asoslangan moliyaviy imkoniyatlar.
- Uy-joy uchun nasiya (taqsit) savdo
- Avtomobil uchun nasiya (taqsit) savdo
- Ijara muntahiya bit-tamlik

O‘zbekistonda halol moliya va o‘zaro yordamni birlashtirgan ishonchli ekotizim.
Yo‘nalishlarni tanlashHar bir yo‘nalish mustaqil xizmat va mutaxassislar jamoasiga ega. Batafsil ma’lumot uchun kerakli bo‘limga o‘ting.
Halol sarmoya va real aktivlarga asoslangan moliyaviy imkoniyatlar.
Ikki tomonlama sug‘urta jamiyati: takaful, o‘zaro yordam va shaffof boshqaruv. Faqat UZARO Invest mijozlari uchun.
O‘zaro yordamdan halol moliyaviy ekotizimgacha — kompaniyaning har bir yo‘nalishi jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan.
2017 · UZARO Yordam
Ko‘p yillik izlanish va ezgu orzular ortidan, 2017-yilda sheriklarimiz bilan O‘zbekistonda birinchi shariatga asoslangan o‘zaro sug‘urta — takofulni yo‘lga qo‘ydik. Ushbu yo‘nalish bugun UZARO YORDAM nomi ostida faoliyat yuritadi; ustozlarimizning bu ishdagi o‘rni beqiyos.
2020, sentabr · UZARO Invest
Karantin davrida rejalashtirilgan loyihalarimiz ustida ishlashni davom ettirib, sentabr oyida UZARO INVEST loyihasiga asos soldik. Mudoraba (ishonchli boshqaruv) asosida mablag‘lar jalb qilinib, murabaha asosida uy-joyni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish yo‘lga qo‘yildi, avtomobillar esa ijara muntahiya bit-tamlik shartnomasi asosida berilmoqda.
Moliya, huquq, shariat, risk va texnologiya sohalaridagi tajribali mutaxassislar — har biri o‘z yo‘nalishida ekotizim ishonchini ta'minlaydi.

Huquqiy maslahat
Moliya sohasida 18 yillik huquqiy tajribaga ega, advokatlik faoliyatini yuritadi. Hujjatlarning huquqiy ekspertizasi va huquqiy maslahatga mas'ul.

Shariat nazorati hay’ati
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati a'zosi. Hindistondagi Devbend shahridagi Dorul-ulum oliygo‘hi fatvo fakultetida ta'lim olgan.

Moliya hisobotlari
Moliya muassasalarining kredit reytingini baholash sohasida 15 yillik tajriba. Moliyaviy va buxgalteriya hisoboti hamda mijozlarning moliyaviy barqarorligini baholashga mas'ul.

Sarmoyadorlar bilan ishlash
Moliya sohasida 20 yillik tajriba. Sarmoyador va mijozlar bilan ishlash, biznes jarayonlarini muvofiqlashtirishga mas'ul.

Operatsion boshqaruv
Risk menejment sohasida 25 yillik tajribaga ega iqtisodchi va matematik. Faoliyatni operatsion boshqaruvini amalga oshiradi.

Axborot xavfsizligi
Axborot xavfsizligi sohasida 12 yillik tajriba. Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot xavfsizligini ta'minlashga mas'ul.
UZARO bilan shartnoma tuzgan mijoz va sarmoyadorlar shaxsiy kabinetda to‘lovlar jadvali, shartnoma hujjatlari va shaxsiy ma’lumotlarini istalgan vaqtda ko‘rishingiz mumkin.
Toshkentdagi ofisimizga tashrif buyuring yoki istalgan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarimiz bilan bog‘laning.
Manzil
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Toshko‘cha 159A-uy (Mo‘ljal: Nurafshon yo‘li, «X Peng» avtosaloni)Manzilni bosing — xaritada ochiladi.
Telefonlar
Ish vaqti
Dushanba—Shanba
09:00—18:00